Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning eng muhim tarkibiy
qismi hisoblanuvchi valyuta islohotlari ham izchil amalga oshirib kelinmoqda. Ayni
paytda Respublikamizda jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish
va olib chiqish tartiblarini belgilovchi barcha huquqiy asoslar ishlab chiqilgan.
Jumladan, “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi O’zbekiston
Respublikasining Qonuni hamda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1998 yil
20 martdagi “Jismoniy shaxslarning naqd xorijiy valyutani olib kelishi va olib chiqib
ketishini tartibga solish chora-tadbirlarito’g’risida"gi PF-1979-sonli Farmoni shular sirasidandir.
Ma’lumki,
ishlab chiqarish-texnika buyumlari parchalari va rangli metallar chiqindilarining
o’g’irlanishi hamda noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish, respublikaning
iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek qimmatli xom ashyo resurslaridan
oqilona foydalanish maqsadida mamlakatimizda qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Xususan,
Prezidentimizning 1999 yil 5 fevraldagi “Rangli metallar parchalari va chiqindilari
eksportini tartibga solish to’g’risida”gi PF-2212 sonli Farmoniga muvofiq rangli
metallar parchalari va chiqindilarini O’zbekiston respublikasidan tashqariga olib
chiqib ketish taqiqlandi.
O’yinchoq shunchaki
ovunchoq vositasi emas. Endigina shakllanayotgan bola ongining dunyoni anglashi,
tasavvur etishida ularning ahamiyati juda katta. Bu esa farzandlarimizga o’yinchoqlar
tanlashda yanada e’tiborli bo’lishni talab etadi. Zero, o’yinchoqlar nafaqat tashqi
ko’rinishi, shaklu shamoyili bilan balki kimyoviy tarkibi, gigienik sifati bilan
ham kelajagimiz egalariga ziyon yetkazmasligi kerak.
Ayni shu maqsadda respublikamiz
bojxonachilari tomonidan sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo’lmagan
bolalar o’yinchoqlarining olib o’tilishiga qarshi chora tadbirlar muntazam olib
borilmoqda.
Davlat bojxona qo’mitasida bojxona brokerlari va bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassislar tomonidan bojxona sohasiga doir qonunchilikka rioya etilishiga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda DBQ Markaziy Apparati, Toshkent shahri va Toshkent viloyati bojxona boshqarmalari, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Oliy harbiy bojxona instituti, Bojxona brokerlari uyushmasi rahbar xodimlari hamda Toshkent regionida faoliyat yuritib kelayotgan bojxona brokerlari va bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassislar ishtirok etishdi.
Davlat bojxona qo’mitasi
tomonidan bojxona postlarida fuqarolar va TIF ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlarni
yaratish maqsadida qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Keyingi uch yil davomida
halqaro standartlar va talablarga muvofiq keluvchi O’zbekiston-Tojikiston chegarasidagi
“Oybek”, O’zbekiston-Qozog’iston chegarasidagi “Yallama”, “Navoiy” va S.Najimov
nomidagi bojxona postlari foydalanishga topshirildi.