|
|
| |
20.04.2009 14:39
Avtobusdagi “bog’dorchilik”
Erta bahorda meva-chevalar biroz tansiq bo’lib qoladi. Ularga bo’lganehtiyoj, talabdan esa ayrim kimsalar mo’may daromad orttirish ilinjida foydalanib qolishga urinishadi. Respublikamiz bojxonachilari esa bunday urinishlarni o’z vaqtida fosh etishmoqda.
|
| |
15.04.2009 10:07
Salomatlik muhimmi, mo’may daromad?
Sifatsiz dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlari inson uchun eng aziz ne’mat – sihat-salomatlikka jiddiy xavf tug’dirishi shubhasiz. Chunki, har xil sharoitlarda va belgilangan me’yorlarga rioya qilinmagan holda tashiladigan, olib kelinadigan dorilar shifo o’rniga kasallikni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin. Afsuski, ushbu oddiy haqiqatdan ko’z yumgan ayrim kimsalarni yurtdoshlarimizning salomatligidan ko’ra, mo’may daromad ko’proq qiziqtiradi.
|
| |
10.04.2009 12:20
Hisobi yo’q zarar, huzuri yo’q foyda
Hech ahamiyat berganmisiz, okean ortida suratga olingan filmlarning aksariyati ming bir chig’iriq, qaltis vaziyatlardan eson-omon o’tib olgan kino qahramonlarining bir-birini quchib, o’pishishi bilan yakunlanadi. Nega shunday? Bu film ijodkorlarining o’ziga xosligimi va yoki andishasizlikmi?..
|
| |
30.03.2009 10:55
Maqsadiga yetolmagan “uchar”lar
Xonadonimizdagi televizor mabodo buzilib qolgudek bo’lsa, o’zimizni qo’yarga joy topolmay qolamiz. Ayniqsa, sifati kafolatlanmagan televizor egalari bu holatga ko’p tushishadi. Sababi, ko’pchilik televizor xarid qilayotganda, arzon narxga uchishadi-yu, uning sifatiga kafolat beruvchi tegishli hujjatlar bilan qiziqib ko’rishmaydi. Bundan esa televizorlar sadvosi bilan noqonuniy shug’ullanuvchi kimsalar foydalanib qolishga urinishadi.
|
| |
27.03.2009 14:51
Yashirilgan “sotka”lar
Mamlakatimizda mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Tabiiyki, bundan sharoitda ichki bozorni sifatli va turli xil mobil telefonlar bilan to’ldirish zarurati yuzaga keladi. Bunga javoban, qo’l telefonlari biznesi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar uchun hukumatimiz tomonidan barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan bo’lib, yurtimizda mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi bir qator horijiy kompaniyalar va ularning dillerlari ham muvaffaqqiyatli faoliyat olib borishmoqda.
|
|
|