Naqd xorijiy valyutalarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy
ravishda olib o’tishga urinuvchilar valyuta bozorini rivojlantirishga qaratilgan
islohotlarning izchilligiga salbiy ta’sir o’tkazishlari haqida o’ylashni istamaydilar.
Chunki, ularni islohotlar samarasi emas, balki, mo’may daromad ko’proq qiziqtiradi.
Respublikamiz bojxonachilari spirt mahsulotlarining yurtimiz
chegaralari orqali noqonuniy olib o’tilishi va saqlanishiga qarshi qator
chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.
Qashqadaryo viloyati bojxonachilari boshqa huquqni muhofaza
qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda o’tkazilgan tezkor tadbir
davomida noqonuniy saqlanayotgan yirik miqdordagi spirt mahsulotlarini fosh
etishdi.
Davlat bojxona qo’mitasi
hovlisiga yodgorlik toshi o’rnatilgan. Uning oldida yosh bojxonachilar Vatanga sadoqatli
bo’lishga qasamyod qiladilar. Har yili 31 avgustda, butun o’zbek xalqi Vatan uchun
halok bo’lganlarni yodga oladigan Xotira va qadrlash kunida bu yerda DBQ shaxsiy
tarkibi saf bilan o’tib, bojxona chegaralarini himoya qila turib, jangovor postda
halok bo’lganlarni xotirlaydilar.
Oshing halol bo’lsa, ko’chada ich, deydi dono xalqimiz. Respublikamizda
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport-import qilish uchun tadbirkorlarga barcha
shart-sharoitlar yaratib berilgan bir paytda ayrim kimsalarning yurtdoshlarimizning
rizqini qiyib, qing’ir yo’llardan borishini, noqonuniy xatti-harakatlarini hech
ham oqlab bo’lmaydi.
2009 yil 24 aprel kuni Oliy harbiy bojxona institutida Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan “O’zbekiston Respublikasida bojxona ma’muriyatchiligi tizimini takomillashtirish” mavzusida brifing o’tkazildi. Unda markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar va soha mutasaddilari ishtirok etishdi.