Naqd xorijiy valyutalarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy
ravishda olib o’tishga urinuvchi kimsalarni valyuta bozorini rivojlantirish borasida
olib borilayotgan islohotlarning samarasi emas, balki, mo’may daromad ko’proq qiziqtiradi.
Respublikamiz bojxonachilari esa faqat o’z manfaatini o’ylaydigan va noqonuniy xatti-harakatdan
qaytmaydigan ana shunday shaxslarni fosh etmoqdalar.
Respublikamiz bojxonachilari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari
bilan hamokorlikda yurtimiz hududiga sifati kafolatlanmagan spirt va alkogol mahsulotlarning
noqonuniy olib kirilishiga qarshi qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.
Mirzacho’l tumanidagi qo’shni davlatga eltuvchi aylanma yo’llarni nazorat
qilish jarayonida jizzaxlik bojxonachilar chegara simlari yonida izg’ib yurgan shaxslarga
duch kelishdi. Ammo, kuzatuvga olinganini sezib qolgan kimsalar darhol qo’shni davlat
hududi tomon juftakni rostlab qolishadi.
Yer bilan tillashadigan bobodehqonlar har qarich
yerdan unumli foydalanib, barakali hosil yetishtirishga harakat qilishadi. Bu uchun
esa o’zlariga yaratilayotgan har qanday imkoniyatlardan, shart-sharoitlardan samarali
foydalana bilishsa kifoya. Qishloq xo’jaligi faoliyatining eng muhim omillaridan
biri bu mineral o’g’itlar ta’minotidir. Xalqimizning dono naqli bor: yerni boqsang
– yer seni boqur. Mo’l hosil yetishtirish uchun unumdor yer bilan bir qatorda me’yorida
qo’llanilgan mineral o’g’itlar ham muhim ahamiyat kasb etadi
Erta bahordan ketmonini yelkasiga olgan bobodehqonlarimizning daladagi mashaqqatli
mehnati samarasi bugungi pishiqchilik pallasida yaqqol namoyon bo’ladi. Ular yurtdoshlarimiz
dasturxonini to’kin, turmushini yanada farovon qilishga o’zlarining munosib hissalarini
qo’shish uchun g’ayrat-shijoat va fidoyilik bilan mehnat qilishayotgani xalqimizning
kundalik turmushidagi, bozorlardagi to’kin-sochinliklarda o’z isbotini topmoqda.
Yurtimizga olib kirilayotgan
oziq-ovqat mahsulotlari avvalo sifatli bo’lishi va qonuniy tarzda import qilinishi
kerak. Tegishli ruxsat va sifat kafolatiga ega bo’lmagan oziq-ovqatlarni iste’mol
qilish esa ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.