|
|
| |
23.11.2009 17:36
Markaziy Osiyo kinologlari Toshkentda
Mamlakatimizning iqtisodiy manfaatlarini ximoya qiluvchi bojxona qo’mitasi tasarrufida tashkil etilgan Milliy kinologiya markazida BMT va yevropa Itifoqi Komissiyasining Bomka/Kadap Rivojlanish Dasturlari doirasida tashkil etilgan “Giyohvand va portlovchi moddalarni qidirish” yo’nalishi bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari kinologlarining boshlang’ich tayyorgarlik kurslari yakuniga yetdi.
|
| |
20.11.2009 15:30
Kitoblar nega olib qo’yildi?
O’tmishga nazar solar ekanmiz, dinni niqob qilib, undan g’arazli maqsadlarda foydalanish insoniyat boshiga ko’plab kulfatlar yog’dirganiga guvoh bo’lamiz. Bugun dunyoning istlagan nuqtasida kuzatilayotgan missionerlik hodisasi esa shubhasiz, ushbu jarayonlarda ko’pincha asosiy harakatlantiruvchi kuch vazifasini o’tamoqda. Missionerlik milliy totuvlik, diniy ahillik va jamiyatdagi osudalikka putur yetkazadi. Shu bois unga qarshi kurashishda barcha huquqni muhofaza etuvchi idoralar vakillari birdek ma’suliyatli hisoblanishadi.
|
| |
16.11.2009 16:42
Xurmoli “Kamaz”
 Zaminimizda yetishtirilgan turli qishloq xo’jaligi mahsulotlariga talab va ehtiyoj hech qachon susaymagan. Shunga yarasha bozorlarimizda ham hamisha to’kin-sochinlik xukmron. Yaratilayotgan shart-sharoitlar bois tadbirkorlarimizning qishloq xo’jaligi mahsulotlari nafaqat yurtimiz bozorlarida, balki horijda ham o’z xaridorlarini topmokda.
|
| |
05.11.2009 14:45
“Mo’jazgina “aptechka”
Sifatsiz dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlari inson uchun eng aziz ne’mat – sihat-salomatlikka jiddiy xavf tug’dirishi shubhasiz. Chunki, har xil sharoitlarda va belgilangan me’yorlarga rioya qilinmagan holda tashiladigan, olib kelinadigan dorilar shifo o’rniga kasallikni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin. Afsuski, ushbu oddiy haqiqatdan ko’z yumgan ayrim kimsalarni yurtdoshlarimizning salomatligidan ko’ra, mo’may daromad ko’proq qiziqtiradi.
|
| |
30.10.2009 13:33
Isitmasi oshkor qildi
Respublikamiz bojxonachilari
yurtimiz hududi orqali noqonuniy ravishda naqd xorijiy hamda milliy valyutalarni
olib o’tilishini oldini olish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.
Yaqinda Toshkent xalqaro
aeroporti bojxonachilari Istambulga uchib ketayotgan fuqaro D. Boboyorovani bojxona
nazoratidan o’tkazishganda, uning qo’l sumkasida bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan
3000 AQSh dollari borligi aniqlandi. Mazkur yo’nalish bo’yicha uchib ketayotgan
fuqaro Y. Kasimova esa bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan 5400 AQSh dollari miqdoridagi
xorijiy valyutani qo’l yuklari orasiga yashirib qo’ygan ekan.
|
|
|