|
|
| |
16.12.2009 15:55
O'yindan o't chiqmasin
Yangi yilni hamma orziqib kutadi. Ayniqsa, bolajonlar. Yil boshidagi bu bayram azaldan shodliklari, tilaklari, ertaklari, bezaklari bilan boshqa ayyomlardan ajralib turadi.Keyingi yillarda bu bayram yana bir qirrasi bilan e’tiborni tortmoqda. U ham bo’lsa bayram kunlari pirotexnika vositalarini yoqish borgan sari salbiy odat tusini olmoqda. Hattoki, ro’parama ro’para joylashgan ko’p qavatli uylarda kimo’zarga aylanib bormoqda.
Pirotexnika mahsulotlarining bozori chaqqonligidan foydalanib, mo’maygina daromadli bo’lishni ko’zlagan “tadbirkorlar” noqonuniy yo’llar bilan ularni yurtimizga olib kirish payida bo’lmoqdalar. Bunday kimsalarni bolajonlarning salomatligi, ularning jabrlanib bir umrga mayib-majruh bo’lib qolishi zig’ircha ham qiziqtirmaydi.
|
| |
03.12.2009 18:34
"Egasiz" tamaki
Respublikamiz bojxonachilari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo’lmagan tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o’tilishiga qarshi tezkor chora-tadbirlar olib borilmoqda. Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bir necha holatlarda yirik miqdordagi tamaki mahsulotlarining yurtimizga noqonuniy olib kirilishining oldini olishdi.
|
| |
02.12.2009 18:53
Oz emas - ko'p emas, naqd 1 tonna!
Pirotexnika mahsulotlarining respublikamiz hududiga kirishi va uning ichki bozorda sotilishining oldini olish maqsadida mutasaddi tashkilotlar qatorida respublikamiz bojxonachilari ham kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Ammo ko’rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan ayrim mo’may daromadga ilinjidagi tadbirkorlar yangi yil bayrami arafasida pirotexnika mahsulotlarining bozori chaqqon bo’lishini ko’zlagan holda shu turdagi mahsulotlarni yurtimizga olib kirishga urinishmoqda.
|
| |
01.12.2009 18:02
Odam savdosining oldini olish va odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarga ko’maklashish mexanizmi” mavzusida davra suhbati
O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 17 apreldagi “Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-911 Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha Idoralaro Komissiyasining “Odam savdosini bartaraf qilish va oldini olish, odam savdosi jinoyatidan jabrlangan shaxslarning huquqlarini himoya qilish, O’zbekiston Respublikasidan tashqarida yo’qolgan shaxslarni aniqlash, ularni ortga qaytarish va reabilitatsiya qilish” bo’yicha 2009-2010 yillar davomida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi chora-tadbirlar Rejasining ijrosini ta’minlash borasida Davlat bojxona qo’mitasi hamda Toshkent shahar “Istiqbolli avlod” yoshlar axborot-ma’rifat markazi tomonidan O’zbekiston respublikasi Bosh Prokuraturasi, Xotin-qizlar qo’mitasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida davra suhbati uyushtirildi.
|
| |
25.11.2009 15:02
Biz odam savdosiga qarshimiz
Dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan global muammolardan biri bu - odam savdosidir. Ushbu transmilliy jinoyat barchani birdek, xususan, ayollar va bolalarni ham o’z domiga tortishi bilan juda xavflidir. Tahlillarga ko’ra, dunyoda har yili taxminan 2,7 mln. inson, shu jumladan 600-800 ming atrofida ayollar va bolalar odam savdosining qurboniga aylanmoqda. Ushbu qabih jinoyat tufayli dunyo bo’yicha yiliga 7 milliard AQSh dollari atrofida pul noqonuniy aylanadi.
|
|
|