ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

DBQ Matbuot xizmati
  31.07.2010 09:27
Chetni ko’zlagan “kashanda”lar

Respublikamiz bojxonachilari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo’lmagan tamaki mahsulotlarini mamlakatimiz sarhadlari orqali olib o’tilishi hamda uning ichki hududda noqonuniy aylanmasining oldini olish bo’yicha tezkor chora-tadbirlar olib borilmoqda. Natijada, joriy yilning o’tgan 6 oyi davomida aniqlangan 268 ta qonunbuzarlik holatlarida 180 ming qutidan ortiq tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o’tilishiga chek qo’yildi. Musodara qilingan ushbu turdagi tovarlarning umumiy qiymati 154 mln. so’mdan ortgan.

  30.07.2010 12:48
Bojxona eksportni qo’llab-quvvatlaydi!
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida mamlakat eksport salohiyatining tobora yuksalib borayotganligi muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning ko’plab qaror va farmonlarida eksportga yo’naltirilgan respublika iqtisodiyotini yanada takomillashtirish masalalari o’z ifodasini topgan. Ayniqsa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi 1871 sonli “Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq respublikadan eksport qilinuvchi mahsulotlardan undiriladigan eksport bojlari bekor qilindi. 
  27.07.2010 08:50
Noqonuniy ish - keltirar tashvish
Naqd xorijiy valyutalarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o’tishga urinuvchilar valyuta bozorini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning izchilligiga salbiy ta’sir o’tkazishlari haqida o’ylashni istamaydilar. Chunki, ularni islohotlar samarasi emas, balki, mo’may daromad ko’proq qiziqtiradi.  Respublikamiz bojxonachilari esa naqd valyutani olib o’tish bilan bog’liq amaldagi tartib va me’yorlarni buzgan shaxslarning noqonuniy hatti-xarakatlariga o’z vaqtida chek qo’yishmoqda.
  21.07.2010 11:47
O'zgartishlar kiritildi

Bojxona sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga kiritlgan ayrim o’zgartirishlarning qisqacha sharhlarini hukmingizga havola etamiz.
        - Davlat bojxona qo’mitasining qarori  (Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 15 iyunda 1134-2 son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) bilan Reeksport bojxona rejimi to’g’risidagi nizomga (ro’yxat raqami 1134, 2002 yil 2 may) kiritilgan o’zgartishlarga muvofiq, 2010 yilning 25 iyunidan boshlab ilgari bojxona nazorati ostida qayta ishlash rejimiga joylashtirilgan tovarlarni endi reeksport rejimida olib chiqish mumkin emas. 

  20.07.2010 10:32
Piyozni deb “achchiqlangan”lar
Zaminimizda yetishtirilgan turli qishloq xo’jaligi mahsulotlariga talab hech qachon susaymagan. Shunga yarasha bozorlarimizda ham hamisha to’kin-sochinlik xukmron. Yaratilayotgan shart-sharoitlar bois tadbirkorlarimizning qishloq xo’jaligi mahsulotlari nafaqat yurtimiz bozorlarida, balki horijda ham o’z xaridorlarini topmoqda. Respublikamizda qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti uchun ham barcha qonuniy imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berilgan. Amaldagi qonunchilikka muvofiq bu kabi mahsulotlarning eksporti - mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan.
Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM