O'zbekiston Respublikasi bojxona xizmatining normativ-huquqiy asoslari
O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasiO’zbekiston Respublikasi
Prezidentining "O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasini tashkil
qilish to’g’risida"gi 1997 yil 8 iyuldagi PF-1815-sonli Farmoni bilan tashkil qilingan.
Davlat bojxona qo’mitasining tuzilmasi va Nizomi O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston
Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida”gi
1997 yil 30 iyuldagi 374-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Bojxona organlarining asosiy vazifalari
Bojxona organlarining asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
- yuridik va jismoniy shaxslarning
huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;
- O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy
manfaatlarini himoya qilish va o’z vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini
ta’minlash;
- bojxona siyosatini ishlab chiqish
va amalga oshirishda ishtirok etish;
- bojxona haqidagi qonun hujjatlariga
rioya etilishini nazorat qilish;
- bojxona to’lovlarini undirish;
- bojxona nazoratidan o’tkazilishi
kerak bo’lgan tovarlar va transport vositalari shunday nazoratdan o’tkazilishini
ta’minlash;
- bojxona haqidagi qonun hujjatlari
buzilishining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, uni aniqlash va ularga
chek qo’yish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatga doir
bojxona statistikasini hamda tovar nomenklaturasini yuritish;
- O’zbekiston Respublikasi xalqaro
shartnomalarining bojxona ishiga oid qismidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini
ta’minlash.
Bojxona organlarining huquqlari
Bojxona organlari o’z vakolatlari
doirasida quyidagi huquqlarga egadir:
- tovarlar va transport vositalarini,
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, jismoniy shaxslarning o’zini ko’zdan
kechirish;
- yuridik va jismoniy shaxslardan
ko’zdan kechirish uchun tovarlar va transport vositalarini, shuningdek zarur hujjatlarni
taqdim etishni talab qilish;
- valyuta nazoratini amalga oshirish;
- moliya, bank va boshqa tashkilotlardan,
shuningdek yuridik va jismoniy shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga
oshirish bilan bog’liq bo’lgan axborot va hujjatlarni hamda qonun hujjatlarida belgilangan
boshqa axborotni olish;
- bojxona nazoratidan o’tkazish maqsadida
tovarlar hamda boshqa buyumlardan namuna va nusxalar olish;
- bojxona nazoratidan o’tkazilishi
lozim bo’lgan tovarlar saqlanayotgan hududlarga va binolarga belgilangan tartibda
kirish;
- bojxona haqidagi qonun hujjatlarining
buzilishiga doir materiallarni belgilangan tartibda ko’rib chiqish hamda jismoniy
va yuridik shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish;
- bojxonaga oid huquqbuzarliklarning
bevosita predmeti bo’lgan tovarlar va transport vositalarini qonun hujjatlarida
belgilangan hollarda va tartibda ushlab turish hamda olib qo’yish;
- eksport qilinishi man etilgan buyumlar
va mahsulotlar O’zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotganda,
shuningdek aktsiz markalari qo’yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar
O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit
bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda ularni (xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga
nisbatan sud tartibida) musodara etish to’g’risida qaror qabul qilish;
- surishtiruv o’tkazish va tezkor-qidiruv
faoliyatini amalga oshirish;
- bojxonaga oid huquqbuzarliklarni
aniqlashga xizmat qiladigan texnikaviy va maxsus vositalarni qo’llash.
- bojxona organlari qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadirlar.
Bojxona organlarining majburiyatlari
Bojxona organlari:
- yagona davlat bojxona siyosatini
ro’yobga chiqarishda ishtirok etishga;
- bojxona haqidagi qonun hujjatlariga
rioya etilishi, bojlar to’g’ri hisoblanishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishini
nazorat qilishga;
- davlat xavfsizligini, jamoat tartibini
saqlash, fuqarolarning hayoti va sog’lig’ini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza
etish chora-tadbirlari amalga oshirilishiga ko’maklashishga;
- bojxona haqidagi qonun hujjatlarini
qo’llanish bo’yicha belgilangan tartibda uslubiy ko’rsatmalar va normativ hujjatlar
ishlab chiqish hamda ularni nashr etishga;
- yuridik va jismoniy shaxslarni
tovarlar va transport vositalarini olib o’tish hamda bojxona chegarasidan o’tish
vaqtidagi huquqlari va majburiyatlari to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilishga;
- faoliyat turlari bilan shug’ullanish
huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda berishga;
- o’z xizmat vazifalarini bajarishlari
natijasida o’zlariga ma’lum bo’lib qolgan davlat siri va tijorat siri hisoblangan
axborotni oshkor etmaslikka majburdirlar.
- bojxona organlari qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradilar.
Normativ-huquqiy asoslari
O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasiO’zbekiston Respublikasi
Prezidentining "O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasini tashkil
qilish to’g’risida"gi 1997 yil 8 iyuldagi PF-1815-sonli Farmoni bilan tashkil qilingan.
Davlat bojxona qo’mitasining tuzilmasi va Nizomi O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston
Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida”gi
1997 yil 30 iyuldagi 374-sonli qarori bilan tasdiqlangan.