Respublikamiz bojxonachilari
va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda sifati
kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo’lmagan tamaki mahsulotlarini mamlakatimiz
sarhadlari orqali olib o’tilishi hamda uning ichki hududda noqonuniy aylanmasining
oldini olish bo’yicha tezkor chora-tadbirlar olib borilmoqda. Natijada, joriy yilning
o’tgan 6 oyi davomida aniqlangan 268 ta qonunbuzarlik holatlarida 180 ming qutidan
ortiq tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o’tilishiga chek qo’yildi. Musodara
qilingan ushbu turdagi tovarlarning umumiy qiymati 154 mln. so’mdan ortgan.
O’zbekiston
Respublikasi iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida mamlakat eksport
salohiyatining tobora yuksalib borayotganligi muhim omil bo’lib xizmat
qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning ko’plab qaror va
farmonlarida eksportga yo’naltirilgan respublika iqtisodiyotini yanada
takomillashtirish masalalari o’z ifodasini topgan. Ayniqsa O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi 1871 sonli “Mahsulotlar
(ishlar, xizmatlar) eksportini rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha
chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq respublikadan eksport
qilinuvchi mahsulotlardan undiriladigan eksport bojlari bekor qilindi.
Naqd xorijiy valyutalarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda
olib o’tishga urinuvchilar valyuta bozorini rivojlantirishga qaratilgan
islohotlarning izchilligiga salbiy ta’sir o’tkazishlari haqida
o’ylashni istamaydilar. Chunki, ularni islohotlar samarasi emas, balki,
mo’may daromad ko’proq qiziqtiradi. Respublikamiz bojxonachilari esa naqd valyutani olib o’tish bilan
bog’liq amaldagi tartib va me’yorlarni buzgan shaxslarning noqonuniy
hatti-xarakatlariga o’z vaqtida chek qo’yishmoqda.
Bojxona sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga
kiritlgan ayrim o’zgartirishlarning qisqacha sharhlarini hukmingizga havola
etamiz.
- Davlat bojxona qo’mitasining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 15 iyunda
1134-2 son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) bilan Reeksport bojxona rejimi to’g’risidagi
nizomga (ro’yxat raqami 1134, 2002 yil 2 may) kiritilgan o’zgartishlarga muvofiq,
2010 yilning 25 iyunidan boshlab ilgari bojxona nazorati ostida qayta ishlash rejimiga
joylashtirilgan tovarlarni endi reeksport rejimida olib chiqish mumkin emas.
Zaminimizda yetishtirilgan turli qishloq xo’jaligi mahsulotlariga talab
hech qachon susaymagan. Shunga yarasha bozorlarimizda ham hamisha to’kin-sochinlik
xukmron. Yaratilayotgan shart-sharoitlar bois tadbirkorlarimizning qishloq xo’jaligi
mahsulotlari nafaqat yurtimiz bozorlarida, balki horijda ham o’z xaridorlarini topmoqda. Respublikamizda qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti uchun ham barcha
qonuniy imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berilgan. Amaldagi qonunchilikka muvofiq
bu kabi mahsulotlarning eksporti - mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik shaxslar
tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan.